Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev: Biz Rossiya bilan hamkorligimizni yanada mustahkamlashimiz zarur
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash zarur ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda Novosti Kazaxstana axborot agentligi ma'lum qilgan.
Uning ta'kidlashicha Qozog‘istonning istiqboli Rossiya Federatsiyasi bilan aloqalarni yanada yaxshilashga bog‘liq.
“Buni nafaqat Rossiya kompaniyalari bilan aloqalarni rivojlantirish orqali amalga oshirish mumkin, balki mintaqalararo hamkorlik tizimini yanada kengaytirish orqali ham rivojlantirish zarur. Hukumat Yevroosiyo intergratsiyasi imkoniyatlaridan foydalangan holda bu yo‘nalishni yanada kengaytirishlari lozim”, — dedi Nazarboyev.