11:38 / 11.12.2015
3814

OAV: Qozog‘istonda firibgarlar ham inqirozga moslashmoqda

Ostona shahri prokuraturasi xodimlari iqtisodiy qiyinchiliklar firibgarlik jinoyatining soni va usullarini ko‘paytirib yuborishidan xavfsiramoqda. Fuqarolarni aldovning yangi turlaridan asrash uchun ular KTK telekanaliga “namunali” qallob qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini hikoya qilib berishdi.

Prokuraturada tuzilgan firibgarning ijtimoiy portretiga ko‘ra, odatda bu 20-40 yoshlardagi ishsiz, oliy ma'lumotsiz erkakdir. Statiskaga ko‘ra, ularning o‘ljalari ham ko‘pincha universitet ta'limiga ega bo‘lmaydi.
Odatda ular o‘z o‘ljalariga birovlarning xonadonlarini ijaraga berib yuboradi, qalbaki tovarlar sotadi yoki ishga joylashishda yordam berish evaziga pul tama qiladi.
“Firibgarlikning o‘sishiga iqtisodiy omillar ham ta'sir o‘tkazadi.

Bu aholi farovonligi darajasining tushib ketishi va boshqa iqtisodiy holatlardir. Shu jumladan, devalvatsiya jarayoni ham. Firibgarlar bundan foydalanishadi va birinchi navbatda insonlarning zaifligidan foydalanishga urinadi”, - deb fuqarolarni ogohlantirdi Ostona shahar prokuraturasi ikkinchi boshqarmasi prokurori Yerlan Boymuxametov.

Top