10:03 / 11.12.2015
3912

Oq uy KXDRda vodorod bombasi paydo bo‘lishiga shubha bilan qaramoqda

AQSh prezidenti matbuot kotibi Josh Ernestning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar KXDRda vodorod bombasi paydo bo‘lishiga shubha bilan qaramoqda. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

“Ayni damda bizga ma'lum axborotlarga ko‘ra, bu narsa kuchli shubha uyg‘otadi. Ammo biz Shimoliy Koreya tuzumida bunday tavakkalchilikka qo‘l urilishi lozimligidan bu holatlarga jiddiy qaraymiz”, — dedi u.

Avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In qo‘l ostidagi yetarli texonologiyalar o‘z mamlakati suverenitetini himoya etish uchun unga vodorod bombasi yasash imkonini berishligini ma'lum qilib o‘tgan edi.

Top