Jahon | 12:05 / 11.12.2015
2206
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarbayjon va Xitoy 10ta qo‘shma hujjatni imzoladi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning 8 dekabrdan buyon davom etayotgan Xitoyga rasmiy tashrifi doirasida ikki tomon delegatsiyalarining kengaytirilgan uchrashuvi o‘tkazildi. Uning yakunlariga ko‘ra ikki o‘rtada 10ta hujjat imzolandi.

Xususan, Ilhom Aliyev va XXR raisi Si Tszinpin “Ozarbayjon Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya”ni imzolashdi.

Ikki tomonning boshqa mas'ul shaxslari, delegatsiyalar ishtirokchilari qolgan hujjatlarni imzolashdi. Ular orasida TIVlar o‘rtasida imzolangan “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari”ni yaratish bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro tushunish to‘g‘risidagi memorandum” bor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish