O‘zbekiston | 19:36 / 11.12.2015
5779
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida aktyorlarning navbatdagi guruhi malaka oshirdi

O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Mutaxassislar malakasini oshirish” loyihasining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizdagi musiqali va drama teatri aktyorlari, professor-o‘qituvchilar, yoshlar ishtirok etdi.

Tinglovchilar uchun poytaxtimizdagi madaniyat va san'at koshonalarida ko‘chma mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Aktyorlarga mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish asoslari, teatr faoliyati va uning ahamiyati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, rejissura, vokal san'ati, aktyorlik mahorati, sahna harakati kabi sohalar bo‘yicha saboqlar berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish