Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politico: Rossiya Suriyada biror natijaga erisha olmadi
Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi prezident Vladimir Putin kutganidek samarador bo‘lib chiqmadi, bu holat Moskvani Vashington bilan yaqindan hamkorlik qilishga undashi mumkin, deb yozadi The Politico nashri.
Amerika urushni o‘rganish instituti tahlilchisi Kris Kozakning fikricha, Rossiyaning aralashuvi urushda Suriya armiyasining ustun bo‘lishiga zamin yaratdi, buning natijasida muvozanat hukumat foydasiga ko‘chdi, muxolif kuchlar esa mudofaaga o‘tdi.
Shunga qaramay AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya operatsiyasining samarasizligini ta'kidlashda davom etmoqda. Uning aytishicha, Rossiya Suriyada urush botqog‘iga botib qolishi, buning oqibatida mamlakat ichida terrorchilik harakatlari faollashishi mumkin. Isroil mudofaa vaziri Moshe Yaalon ham Rossiyaning Suriyadagi harakatlarini “muvaffaqiyatsiz” deb baholadi.
Bir qator ekspertlar muvaffaqiyatsizlikning sababi Rossiya harbiylari suriyalik va eronlik hamkasblari bilan xatti-harakatlarni muvofiqlashtirib bormayotganida deb hisoblamoqda. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, Eron qo‘shinlarining yarmidan ko‘pini chaqirib olgan, negaki kerakli natijalarni ko‘rmagan.