17:38 / 11.12.2015
19588

Postda: IIVning qator mahalliy bo‘limlarida yangi boshliqlar tayinlandi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining bir qator viloyat va tuman bo‘limlarida yangi boshliqlar tayinlandi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, podpolkovnik Mirsobit Bahodir o‘g‘li Musahojiyev Andijon viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, mayor Asilbek Yoqubovich Eshqobulov Samarqand viloyati IIB huzuridagi qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bundan tashqari, podpolkovnik O‘rinboy Qodirovich Hamroyev Xorazm viloyati IIB Tashkiliy-inspektorlik bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik O‘tkir Karimovich Badalov Buxoro viloyati Buxoro shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Navro‘z Rahmonberdiyevich Alimov Toshkent viloyati Qibray tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Akram Hamidovich Halimov Samarqand viloyati Oqdaryo tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Alisher Rashidovich Fozilov Buxoro viloyati Shofirkon tumani IBB boshlig‘i, podpolkovnik Mansur To‘ychiyevich Sattorov Namangan viloyati Mingbuloq tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sarvar Dadaboyevich G‘ofurov Sirdaryo viloyati Guliston tumani IIB boshlig‘i lavozimlariga tayinlanishdi.

Top