Jahon | 16:11 / 11.12.2015
8238
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Suriyada rossiyaliklarga tahdid soluvchi har qanday kuchni yo‘q qilishga buyruq berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadagi Rossiya harbiy xizmatchilariga tahdid soluvchi har qanday kuchni yo‘q qilish lozimligini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar qildi.

“Zarba aviatsiyasining barcha amaliyotlari qiruvchilar himoyasi ostida amalga oshiriladi. Qattiqqo‘llik chegarasida harakat qilishni buyuraman.

Rossiya guruhlari yoki bizning yer usti infratuzilmalarimizga tahdid solayotgan har qanday nishon zudlik bilan yo‘q qilinsin”, - dedi 11 dekabr kuni Rossiya rahbari Mudofaa vazirligining kengaytirilgan kollegiyasida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish