00:07 / 11.12.2015
2743

Qirg‘iziston IIV yo‘l harakati qoidabuzarliklarini foto- va videofiksatsiya qilish tizimini joriy qilmoqda

Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati qoidabuzarliklarini foto- va videofiksatsiya qilish tizimini joriy qilmoqda.

Moldova IIV Qirg‘iziston ichki ishlar organlarini isloh qilishda yordam sifatida o‘zining qirg‘izistonlik hamkasblariga jinoiy va ma'muriy jarayonlarni avtomatlashtirish tizimini bepul taqdim qildi. Bu tizim hujjat yuritish hamda ma'muriy bayonnomalar va yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun qarorlarni avtomatik tuzish bilan bog‘liq funksiyalar uchun ishlatilishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, mobil majmua ko‘chalar bo‘ylab nazorat olib boradigan patrul avtomobillariga o‘rnatiladi. Statsionar majmua esa yo‘l ustidagi maxsus ustunlarga o‘rnatiladi. Ulardan olinayotgan ma'lumotlar asosida tizim haydovchilik guvohnomasini musodara qilmagan holda va qoidabuzarning ishtirokisiz jarima solish haqida qarorni avtomatik tuzish va uning nusxasini transport vositasi egasiga yuborishga imkon beradi.

Ta'kidlanishicha, tizim yo‘l harakati qoidabuzarliklarini foto- va videofiksatsiya qilishning asosiy negizi bo‘ladi. IIV yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd qilish majmualarini olingan jarimalarni hisobga olgan holda respublika byudjyetidan bosqichma-bosqich sotib oladi.

Top