Jahon | 17:32 / 11.12.2015
9842
2 daqiqa o‘qiladi

Rada deputati Yatsenyukni minbardan otib yuborishga harakat qildi

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk hukumat bilan birga Oliy Rada deputatlari oldida hisobot topshirayotganida deputatlardan biri unga hujum qildi. Yig‘ilish “112 Ukraina” telekanali orqali translyatsiya qilindi.

Yig‘ilish chog‘ida “Pyotr Poroshenko bloki” partiyasi deputati Oleg Barna bosh vazirga tashlanib, uni minbardan surib chiqarishga harakat qildi. Bundan tashqari, u Yatsenyukka motam tasmasiga o‘ralgan guldasta sovg‘a qildi.

Deputat Ukraina energetikasining ahvoli haqida savol berdi, ammo bosh vazir buning javobini “o‘zlaringning vazirlaring Demchishindan olinglar", deya maslahat berdi. Bu javobdan jahli chiqqan deputat bosh vazirga tashlanib, uni ko‘tarib olib, minbardan otib yuborishga urinib ko‘rdi.

Voqea Yatsenyukning Radadagi tarafdorlari va raqiblari o‘rtasidagi qizg‘in mushtlashuvga ko‘chdi. Janjal tinchigach, PPB fraksiyasi yetakchisi Yuriy Lutsenko bosh vazirdan kechirim so‘radi.

Yatsenyuk mushtlashuv ishtirokchilarini “esvoslar” deb atadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish