Sport | 11:53 / 11.12.2015
6108
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu "Barselona"ga o‘tishi mumkinligini istisno qilmadi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Kataloniyaning «Barselona» klubiga, yoki sobiq jamoasi «Manchester Yunayted»dan boshqa ingliz jamoasiga o‘tishi borasida yuz foiz aniq javob bera olmasligini ta'kidlab o‘tdi.

«Masalan hozir «Barselona» safida to‘p surishim deyarli imkonsizdek ko‘rinadi. «MYu»dan boshqa ingliz klubida o‘ynashim ham o‘ta qiyin. Ammo hech narsa haqida 100 foiz ishonch bilan gapirib bo‘lmaydi. Ammo bu haqda o‘ylashning o‘zi murakkab. Lekin futbolda hech narsani istisno qilib bo‘lmaydi».

«Men barcha ligalar va barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorman. Biroq faoliyatimni «Real»da ham yakunlashim mumkin. Men shunchaki qanday bo‘lsa, shunday gapirishga, imkon qadar haqiqatgo‘y bo‘lishga urinaman. Ertaga nima bo‘lishini bilmayman. Masalan hozir o‘zimni MLS futbolchisi sifatida tasavvur qila olmayman. Ammo ikki-uch yildan keyin fikrim o‘zgarib qolishi mumkin», deya Ronaldudan iqtibos keltiradi AP.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish