Sport | 20:45 / 11.12.2015
10232
1 daqiqa o‘qiladi

Ronalduning o‘yinidagi pasayish sababi ma'lum qilindi

"Real" jamoasining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘yinidagi pasayishga uning tizzasidagi jarohat sabab bo‘lgan.

Marca nashri xabariga ko‘ra, u 3 oydan beri tizzasidagi jarohati tuzalmagan holda o‘ynab kelmoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy mavsum avvalida Ronalduning to‘la tuzalmagan tizzasida og‘riq boshlangan. Ammo u davolanmasdan, tiklanish mashqlari orqali tayyorgarlik olib borishni ma'qul ko‘rgan.

Shu tufayli u mavsumni bir tekis o‘tkaza olmagan.

O‘tgan mavsum to‘purari bo‘lgan Ronaldu joriy mavsumda 8ta uchrashuvning golsiz tark etdi.

Oxirgi haftada u o‘zini yaxshi his qila boshlagan.

Buning isboti sifatida shuni aytish mumkinki, joriy hafta boshida Ronaldu YeChL doirasida "Malmyo"ga qarshi o‘yinda to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish