10:52 / 11.12.2015
3703

Rossiyalik o‘smir AQSh fuqarosi SIM-kartasidan 132 ming rubl pulni yechib oldi

Rossiyaning Primore o‘lkasida o‘smir “Mobil bank” funksiyasi yordamida avval shu yerda yashagan AQSh fuqarosining SIM-kartasidan 132 ming rubl pulni yechib oldi. Bu haqda mintaqaviy ichki ishlar boshqarmasi rasmiy saytida xabar qilindi.

“17 yoshli Fokino fuqarosi tomonidan jinoyat sodir etildi. O‘smirning onasi o‘g‘li uchun yangi sim-karta sotib olib beradi. Unda avvalgi foydalanuvchining ma'lumotlari kiritilgan “Mobil bank” xizmati yoqilgan bo‘lgan. Jabrdiydaning jamg‘armasi va hisob raqami to‘g‘risidagi ma'lumotlarga ega bo‘lgan jinoyatchi o‘z telefoniga 132 ming rublni o‘tkazib olgan”, - deyiladi rasmiy xabar matnida.

O‘smir o‘z jinoyatini tan oldi. Unga nisbatan “O‘g‘irlik” aybi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. O‘g‘irlangan mablag‘ esa jarblanganga o‘smirning ota-onasi tomonidan qaytarilgan.

Top