Jahon | 19:03 / 11.12.2015
3543
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyadagi kurdlar yashovchi shaharda teraktlar sodir etilishi tufayli kamida 60 kishi halok bo‘ldi

Suriya shimolidagi Tel-Tamr shahrida davomli teraktlar sodir etilishi tufayli kamida 60 kishi halok bo‘ldi. Jangarilar shahar bozorida, shifoxonada va aholi turarjoylarida portlashlar sodir etishgan.

Reyter xabariga ko‘ra, bu shahar kurd jangchilari nazorati ostida bo‘lgan shahar hisoblanadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra qurbonlarning asosiy qismi tinch aholi vakillaridir.

Bu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish