Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston bosh vaziri Sarez ko‘lining ahvoli bilan tanishadi
Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari kirgan hukumat komissiyasiga boshchilik qilmoqda. Komissiya vakillari bugun Tog‘li Badaxshon muxtor o‘lkasiga yo‘l oldi.
AsiaPlus nashrining ma'lum qilishicha, komissiya prezidentning topshirig‘iga binoan Sarez ko‘lining 7 dekabrda sodir bo‘lgan zilziladan keyingi ahvoli bilan tanishib chiqadi.
Bundan tashqari, Rasulzoda Rushon tumani markazida zilziladan aziyat chekkan aholi bilan uchrashadi.
7 dekabr kuni Sarez ko‘lidan 22 km uzoqlikda bir qancha zilzilalar sodir bo‘ldi. Ulardan eng kuchlisining magnitudasi 7.2 ballni tashkil qildi.