20:45 / 11.12.2015
3062

Uylarining o‘rtacha narxi 12 million dollar bo‘lgan Viktoriya-roud Londonning eng qimmat ko‘chasi deb topildi

Kensington va Chelsi qirollik borosi (ma'muriy birlik)dagi Viktoriya-roud Londonning eng qimmat ko‘chasi deb topildi. Bu yerda joylashgan ko‘chmas mulklarning o‘rtacha narxi 8 million funt sterling (12,1 mln dollar)ga baholanmoqda. Angliya va Uelsning eng qimmat ko‘chalari reytingi 11 dekabr kuni Britaniyaning Lloyds BankIng Group bank guruhi tomonidan e'lon qilindi.

Kembrij gersogi va gersoginyayasi yashaydigan Kensington saroyining mavjudligi ushbu hududni britan poytaxtidagi qimmat maskanga aylantirdi. Mazkur ko‘chada jami bo‘lib 64ta ko‘chmas mulk obekti bo‘lib, ularning ayrimlari XIX asr o‘rtalarida bunyod etilgan.

Angliya va Uelsdagi eng qimmat ko‘chalar uchligiga Kensington va Chelsi qirollik borosidagi Egerton Kresent va Manresa-roud ko‘chalari ham kirdi. Ulardagi ko‘chmas mulk obektlari narxi o‘rtacha 7,55 mln va 7,36 mln funt ($11,45 mln va $11,16 mln)ni tashkil etdi.

Top