21:04 / 11.12.2015
2961

Venger: "Arsenal"ga Benzema kerak emas, chunki bizda Jiru bor

"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger jamoa hujum chizig‘ida muammo yo‘qligini bildirdi.

Bungacha "kanonirlar" "Real"ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzemaga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar mavjud edi.

"Arsenal"ga Benzema kerak emas. Menimcha, uni Fransiya terma jamoasidan chetlashtirib to‘g‘ri qilishdi. Axir uning jinoyat sodir qilgani bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda, bunday vaqtda uning mamlakat sharafini himoya qilish uchun maydonga tushishi to‘g‘ri bo‘lmaydi. Uning xulqi boshqa masala. Men uni xulqi tufayli olishdan qaytdik demoqchi emasman. Bizda uning darajasidagi boshqa bir hujumchi Olive Juru bor.

O‘ylaymanki, Jiruda noyob goleadorlik qobiliyati mavjud. U sheriklari bilan hamjihatlikda juda yaxshi harakat qila oladi", deydi fransiyalik murabbiy o‘zining fransiyalik shogirdi haqida Angliyaning The Telegraph nashriga.

Ma'lumot uchun, Jiru joriy mavsumda APLning o‘tgan 15 turi davomida 8ta gol urdi va jamoaning ayni paytda turnir jadvalining ikkinchi o‘rinida joylashishida o‘z hissasini qo‘shdi.

Qolaversa u, "Arsenal"ni YeChLni tark etishdan qutqarib qoldi. 9 dekabr kuni YeChLning so‘nggi turida "Olimpiakos"ga qarshi kechgan o‘yinda 2ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonish talab etilgan vaqtda Jiru 3ta gol urib, "Arsenal" uchun pley-off eshiklarini ochdi.

Eslatib o‘tamiz, 10 dekabr kuni Fransiya futbol federatsiyasi "Valbuena ishi" doirasida Benzemani Fransiya terma jamoasidan chetlatdi.

Top