14:40 / 12.12.2015
4126

2015 yilda 1500 nafarga yaqin o‘zbekistonlik odam savdosi qurboniga aylanishdi

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilning 9 oyida O‘zbkekistonda 1449 nafar shaxs odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlardan jabrlangan. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati ma'lumotlariga tayangan holda uz24.uz xabar bermoqda.

Odam savdosi qurboni bo‘lganlarning 1283 nafarini erkaklar, 166 nafarini ayollar va 28 nafarini esa voyaga yetmaganlar tashkil etgan.

Xalqaro ekspertlarning baholashicha, dunyo bo‘yicha odam savdosidan tushadigan yillik daromad 7 milliard AQSh dollaridan oshmoqda.

BMT ma'lumotiga ko‘ra, dunyoda har yili taxminan 2 million 700 ming kishi odam savdosining qurboniga aylanmoqda.

Har yili 600 mingdan 800 minggacha ayollar va bolalar aldov yo‘li bilan chet ellarga olib ketilib, sotib yuborilmoqda.

Top