Jahon | 08:39 / 12.12.2015
7260
1 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad AQSh va Saudiya Arabistoni uni terrorchilar bilan muzokara o‘tkazishga majbur qilayotganini aytdi

Suriya prezidenti Bashar Asad rasmiy Vashington va Ar-Riyod uni terrorchilar bilan muzokara o‘tkazishga majbur qilayotganini aytdi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

“Ular Suriya hukumati terrorchilar bilan muzokaralar o‘tkazishini istashmoqda, men bunga istalgan boshqa davlatda ham rozi bo‘lishmasdi, deb o‘ylayman”, deb aytdi Asad EFE nashriga bergan intervyusida.

Asad “muxolifat bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini, biroq bu muxolifatning aynan qanday deb hisoblanishiga bog‘liq”, deb ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish