07:40 / 12.12.2015
3900

Benksi Stiv Jobsni suriyalik qochqin qiyofasidagi rasmini yaratdi

The Independent nashrining ma'lum qilishicha, Benksi ismli rassom Fransiyaning Kale shahrida yangi graffitisini yaratdi.

Rassom shaharning qochqinlar katta lageri joylashgan qismida joylashgan ko‘prikning yon devoriga Apple kompaniyasining asoschisi, marhum Stiv Jobsni bir qo‘li bilan bor-buti solingan qopni yelkasiga opichlab olgan, ikkinchi qo‘lida Apple logotipi tushirilgan monitorni ko‘tarib olgan suriyalik qochqin ko‘rinishidagi qiyofasini chizdi.

“Bizga ko‘pincha migratsiya mamlakatning zaxiralarini kamaytirayotgani haqidagi fikrni uqtirishadi, biroq Stiv Jobs suriyalik muhojirlarning o‘g‘li bo‘lgan. U asos solgan Apple dunyoning eng serdaromad kompaniyasi hisoblanadi, u yiliga 7 mlrd dollardan ko‘proq soliq to‘laydi va bu kompaniya AQSh hukumati xomslik bu yosh yigitni mamlakatga qo‘ygani uchungina mavjuddir”, deb aytmoqda Benksi o‘zining yangi ishiga izoh berib.

Jobsning biologik otasi suriyalik Abdulfattoh Jandaliy hisoblanadi. Jobs boshqa oilada voyaga yetgan.

Top