Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:29 / 12.12.2015
5601
1 daqiqa o‘qiladi
Dmitriy Peskov: Rossiya Damashqqa qurol-aslaha yetkazib bermoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Suriyaning qonuniy hukumatiga qurol-aslaha yetkazib berayotganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Rossiya Suriya Arab Respublikasiga, Suriya Arab Respublikasining qonuniy hukumatiga qurol-aslaha yetkazib bermoqda”, deb ta'kidlamoqda Peskov.
Peskovning ta'kidlashicha, qurol-aslaha xalqaro huquqlarga mos ravishda yetkazib berilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish