08:34 / 12.12.2015
7863

Gambiya prezidenti o‘z davlati musulmon davlat ekanini ma'lum qildi

G‘arbiy Afrikadagi Gambiya davlati prezidenti Yayya Jammening ma'lum qilishicha, bu davlat musulmon davlat hisoblanadi. Bu haqda Bloomberg nashri ma'lum qilgan.

Bu mamalakat 1965 yilgacha Buyuk Britaniya mustamlakasi bo‘lgan.

Ayni vaqtda Gambiya aholisining (1,9 million) 90 foizi islom diniga e'tiqod qiladi.

Aholining 9 foizi xristian diniga, 1 foizi esa boshqa ma'jusiy dinlarga e'tiqod qiladi.

Prezidentning aytishicha, mamlakatni musulmon davlati deya e'lon qilish, boshqa dinlarni cheklashni anglatmaydi. Hukumat har kim istagan dinga e'tiqod qilish huquqiga ega bo‘lishini kafolatlaydi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, u bu murojaati orqali aholini islomning barcha qoidalariga qat'iy amal qilishini talab qilmoqchi emas.

Top