Jahon | 08:06 / 12.12.2015
5512
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq ikki kun ichida BMTga Turkiya ustidan shikoyat arizasi beradi

Iroq hukumati yaqin ikki kun ichida BMT Xavfsizlik kengashiga Turkiyaning Iroq shimoliga qo‘shin olib kirgani yuzasidan shikoyat arizasi bermoqchi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Shikoyatning yakuniy versiyasi ishlab chiqildi va u yaqin ikki kun ichida Xavfsizlik kengashiga yuboriladi. Biz Turkiyaning Iroq hududida qo‘shinlarining joylashtirilishi borasidagi fikri qanday bo‘lishini kutmoqdamiz. Agar bizning shikoyat qondirilmasa, unda shikoyat tashqi ishlar vazirligi orqali beriladi”, deb aytdi Iroq parlamentining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi boshlig‘i Hasan Shuvayrot.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish