Jahon | 19:49 / 12.12.2015
3694
1 daqiqa o‘qiladi

Iroqda xudkush terrorchi hujumi natijasida 6 chegarachi qurbon bo‘ldi

Iroq Ichki ishlar vaziri Saad Maanning ma'lum qilishicha, mamlakat g‘arbidagi Anbar viloyatidagi chegara postiga xudkush terrorchi hujum uyushtirishi oqibatida 6 nafar chegarachi halok bo‘ldi.

Bu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Jangarilarning ma'lum qilishicha, bunday hujumlar hukumat armiyasi vakillari hamda shialarga qarshi ("alohidalar") olib boriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish