12:13 / 12.12.2015
2433

Kuba va AQSh o‘rtasida 52 yil oldin to‘xtagan to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta aloqalari tiklanadi

Kubalik va amerikalik amaldorlar ikki davlat o‘rtasida 52 yil muqaddam "sovuq urush" tufayli to‘xtab qolgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta aloqalarini tiklashga tayyorlanishmoqda.

"AQSh va Kuba 10 dekabr kuni Mayamidagi muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta aloqalarini tiklash yuzasidan kelishuvga erishdi", deyiladi Amerika tashqi siyosiy boshqarmasi xabarida.

Bu bo‘yicha shartnoma tafsilotlari yaqin haftalarda ishlab chiqiladi.

Qayd etish kerakki, shu yilning martida AQSh va Kuba o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashgach, telefon aloqalari tiklangandi.

Bundan tashqari, tomonlar Kubada internetdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ayni vaqtda kubaliklarning 25 foizigina internetga kirish imkoniyatiga ega hisoblanadi.

Top