18:28 / 12.12.2015
3439

Qirg‘izistonlik shaxs O‘zbekistonga 1 kg dan ortiq marixuana olib kirganida qo‘lga olindi

Qirg‘izistonlik shaxs O‘zbekistonga 1 kg dan ortiq marixuana olib kirganida qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Abror ismli shaxs qo‘shni Farg‘onada yashovchi singlisini ko‘rish bahonasida Qirg‘izistondan O‘zbekistonga 80 gugurt qutisida 520 gr marixuana olib kirgan. Bu “mol”ni u tanishi Sobir Oripovga pullagan. Oripov, o‘z navbatida, giyohvand moddani Toshkentda yashovchi Nodir Kamolovga yuborgan.

Birinchi “operatsiya” o‘xshaganidan xursand bo‘lgan sheriklar bu safar kattaroq ishni amalga oshirishga kelishib olishgan. Bu safar Abror 170 gugurt qutisida 1 120 gr marixuana olib kirishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo u Toshkentga yuborilganida Farg‘ona viloyat IIB YHXB va MXX Oltiariq tuman bo‘linmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Top