Jahon | 08:48 / 12.12.2015
2416
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyadagi ixtilof davomida terrorchilar tomonidan deyarli 50 mln barrel neft o‘g‘irlangan

Terrorchilik guruhlari, shu jumladan IShID Suriyadagi ixtilof boshlangandan 2015 yil oxiriga qadar Suriyadan 48 mln barrel neft o‘g‘irlagan. Bu haqda Suriyaning neft vazirligi matbuot-xizmatiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

Neft vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 5 yillik urush davomida Suriyaning moliyaviy yo‘qotishlari 46 mlrd dollarni tashkil qildi, ulardan 6,5 mlrd dollari AQSh boshchiligidagi koalitsiya harbiy-havo kuchlari tomonidan Suriyadagi neft va gaz obektlariga berilgan zarbalardan ko‘rilgan moddiy zararni tashkil qiladi.

Matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, terrorchilik guruhlari nazoratida Al-Xasaka viloyatidagi 3 ta neft koni, Raqqa va Dayr az Zaurdagi konlar hamda Xoms viloyatidagi bir qator yirik konlar qolmoqda. Suriyaning shimoli va shimoli-sharqidagi neft konlarining katta qismi IShID tomonidan nazorat qilinadi.

Avvalroq IShID Suriya va Turkiyaga neft sotishdan oyiga 40 mln dollar daromad olayotgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish