11:29 / 12.12.2015
10063

Tojikistonda 5,4 balli zilzila bo‘lib o‘tdi

Bugun, 12 dekabr kuni Tojikistonda 5,4 balli zilzila qayd etildi.

Bu haqda Qozog‘iston Ta'lim vazirligi qoshidagi zilzilalarni o‘rnanish ilmiy-tajribaviy tadqiqot qo‘mitasi tomonidan ma'lum qilingan.

Hozircha ushbu hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q. Zilzila markazi Tog‘li Badaxshon avtonom hududida joylashgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, 7 dekabr kuni Tojikistonda 7,2 balli zilzila sodir bo‘lgandi.

7 dekabr kungi zilzila natijasida Tojikistonda 500ta uy vayron bo‘lgan.

8 dekabr kuni Tojikiston bir sutkada 6ta yer silkinishi kuzatildi.

10 dekabr kuni esa Tojikistonda 4,4 balli zilzila qayd etildi.

Qayd etish kerakki, zilzilalar faollashgan hududda joylashgan Sarez ko‘li qattiq yer silkinishlari tufayli mintaqa uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

11 dekabr kuni Tojikiston bosh vaziri Sarez ko‘lining ahvoli bilan tanishishi haqida xabar berilgandi.

Top