00:00 / 12.12.2015
4919

Turkish Airlines Rossiya yo‘nalishidagi uchta parvozni bekor qildi

Turkish Airlines aviakompaniyasi dekabr oyida Stavrapol aeroportidan Istanbulga bo‘ladigan uchta yo‘nalishni bekor qildi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“11, 14 va 25 dekabrdagi Istanbulga borish va qaytish yo‘nalishlari bekor qilindi”, — deb ma'lum qildi aeroport.

Ma'lum bo‘lishicha, yo‘nalishlarning bekor bo‘lishiga talabning tushib ketishi sabab bo‘lgan.

Top