Jamiyat | 18:23 / 12.12.2015
3180
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 2ta mikroavtobus to‘qnashishi tufayli 11 talaba halok bo‘ldi

Turkiya sharqida halokatli yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Dogan agentligi ma'lumotiga ko‘ra, ikki mikroavtobus to‘qnashishi tufayli 11 talaba halok bo‘lgan va 6 nafari jarohatlangan.

Ma'lum qilinishicha, Van viloyati hududida imtihonga otlangan talabalarni olib ketayotgan mikroavtobus boshqa bir mikroavtobus bilan to‘qnashgan.
Hodisaning to‘liq tafsilotlari ma'lum emas. Ayni vaqtda hodisa sabablarini o‘rganish uchun tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish