Sport | 16:32 / 12.12.2015
2796
2 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Mutko: Rossiya terma jamoasi Yevropada eng kuchlilardan biri

Rossiya Sport vaziri va Rossiya Futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko bugun tashlanadigan qur'a arafasida o‘zini terma jamoaning Yevropa chempionatida qanday raqiblarga tushishi xavotirga solmasligini aytib o‘tdi.

Ushbu futbol amaldorining ma'lum qilishicha, Rossiya terma jamoasi Yevropa qit'asining eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblanadi va terma jamoa futbolchilari uchun kim bilan o‘ynashning farqi yo‘q.

"Qur'adan oldin fol ochishdan ma'ni yo‘q. Bizning terma jamoa ikkinchi savatchadan joy olgan. Bu esa Rossiya terma jamoasi Yevropaning eng kuchli termalaridan biri ekanini ko‘rsatadi. Biz o‘z zimmamizdagi mas'uliyatni his qilib, o‘zimizning vazifamizni bajarishimiz kerak. Bizga qanday raqiblar tushishining uncha farqi yo‘q, asosiysi guruhdan chiqishimiz kerak. Shundan keyin navbatdagi rejalar tuziladi", deydi vazir "Match TV" telekanali efiri orqali.

Yevro-2016 turniri uchun qur'a tashlash marosimi bugun Parijda bo‘lib o‘tadi. Jarayon telekanali orqali Toshkent vaqti bilan soat 22:00dan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Ma'lumot uchun, 2016 yilgi Yevropa chempionatida ilk bor 24ta jamoa ishtirok etadi. Qit'a chempionati bir oy davom etadi (10 iyun - 10 iyul). O‘yinlarni Fransiyaning 10ta shahri qabul qiladi: Bordo, Lans, Lill, Lion, Marsel, Tuluza, Sent-Eten, Nitstsa, Parij va Sen-Deni.
Pley-off bosqichiga har bir guruhdan birinchi ikkita o‘rinni egallagan termalar va eng yaxshi natijalarni qayd etgan yana to‘rtta 3-o‘rin sohiblari ham yo‘l olishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish