20:23 / 13.12.2015
6388

AQShda musulmon o‘quvchi o‘qituvchisi uning ryukzagida bomba bor-yo‘qligini so‘raganidan xafa bo‘ldi

AQShning Jorjiya shtatida maktab o‘qituvchisi musulmon o‘quvchi qizdan uning ryukzagida bomba bor-yo‘qligini so‘ragan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi. 13 yoshli qiz otasining aytishicha, uning qizi bundan juda xafa bo‘lgan.

“Men o‘z farzandlarimni odamlarni yomon ko‘rish yoki o‘zlarini boshqalardan ustunroq qo‘yishga o‘rgatmagan”, deb aytdi qizning otasi. AQShda oziq-ovqat do‘koniga ega bo‘lgan va yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlaydigan, kelib chiqishi somalilik bo‘lgan bu erkak o‘z qizini bu maktabdan boshqa maktabga o‘tkazmoqchiligini aytdi.

Xijob o‘rab yuradigan qizning aytishicha, o‘qituvchi uni koridorga olib chiqib, hozirda dunyoda ro‘y berayotgan voqealarni hisobga olgan holda qizning hazillari juda chuqurlashib ketganini aytgan.

Maktab joylashgan Guinnett tumani maktab ta'limi tizimi vakili Sloan Roach maktab direktori qizning oilasiga o‘z uzrini keltirgani aytgan. Roachning aytishicha, maktab xodimlari e'tiroz yomon niyat bilan qilinganiga ishonishmayapti. Roachning ta'kidlashicha, o‘qituvchi maktab o‘quvchilari ryukzaklarini tezda yig‘ishtirib olishlarini istagan va sekinroq harakat qilgan qizga “Nima ryukzagingda bomba bormi?”, deb aytgan.

Ta'kidlanishicha, qiz va uning otasi o‘qituvchini kechirishgan.

Amerika-islom munosabatlari kengashining mahalliy bo‘limi boshlig‘i Yusuf Burkening aytishicha, bo‘lib o‘tgan bu noxush voqea islomdan qo‘rquv – islomofobiya odamlar o‘rtasidagi munosabatlarga qanchalik ta'sir ko‘rsatishini namoyish qiladi.

Top