19:07 / 13.12.2015
23789

"Bir oilaga bir bola" shiori qurbonlari

Oktyabr oyining oxirida Xitoyda 1979 yildan buyon amal qilib kelayotgan «Bir oilaga bir bola» dasturining bekor qilinishi katta xursandchilik bilan kutib olindi. Biroq millionlab xitoyliklar uchun ushbu kampaniyaning bekor qilinishi qayg‘u va yangi alamlarga sabab bo‘ldi: ular yagona farzandidan ajralgan va yoshi o‘tib qolgani uchun farzand ko‘rolmaydiganlardir. Kim Kyung Xun ushbu qarorning qabul qilinishi endi hech narsani o‘zgartira olmaydigan oilalar fototarixi bilan o‘rtoqlashdi.

Xitoyda tug‘ilish jarayonini tartibga solish kampaniyasining maqsadi XXRda aholi sonini 2000 yilga kelib 1,2 milliard kishidan oshirmaslik edi. Bunga erishildi ham: 2000 yilning 1 noyabrida aholi soni ko‘zlangan chegaradan atigi 42,5 million kishiga ko‘p bo‘ldi xolos. Biroq dastur ko‘zda tutilmagan oqibatlarga ham olib keldi: Xitoyda jinsiy notenglik va aholining qarishi kuzatilmoqda. Aksariyat oilalar selektiv abortni ma'qul ko‘radi: bo‘lajak farzandi o‘g‘il bo‘lsagina uni saqlab qolishadi. Xitoyliklarning faqat merosxo‘r bo‘lsagina dunyoga keltirishga urinishlari natijasida mamlakatda erkaklar soni ayollarga nisbatan 20 million nafarga ortib ketdi. 2020 yilga kelib bu raqam 24 millionga yetadi.

Sun Xuanpin 55 yoshda. 2013 yilda uning o‘g‘li avtohalokat sababli dunyodan ko‘z yumgan. Ayol va uning eri yoshi o‘tib qolishgani uchun endi farzandli bo‘lisholmaydi. Ularning yagona quvonchi esa o‘g‘lining sevimli itidir.

Xuanpin o‘g‘li haqida gapirarkan, ko‘zyoshlarini tiya olmaydi. Uning vafotidan so‘ng ona gipertoniya, tushkunlik va qandli diabet kasalliklariga duchor bo‘ldi. Oila tibbiy xarajatlar uchun marhum o‘g‘lining to‘yi uchun to‘plagan pullarini sarflaydi. Ayol bir paytlar ikkinchi farzandiga homilador bo‘lgan, biroq «Bir oilaga bir bola» siyosati sababli abort qildirishga majbur bo‘lgandi. 

Sun halok bo‘lgan o‘g‘lining hujjatini ko‘rsatmoqda — «faxrli yagona farzand sertifikati». Unda demografik kampaniyaning shiori yozilgan: «Inqilob uchun — faqat bir bola». 

54 yoshli Xuan Peyyao ilgari o‘g‘liga tegishli bo‘lgan xonada asrab olgan qizi bilan o‘ynamoqda. O‘g‘li 1985 yilda tug‘ilgan va 2011 yili yo‘l hodisasida halok bo‘lgandi. Ayol ishlagan fabrikada xodimalar qat'iy nazorat ostida bo‘lishgani bois u ikkinchi farzandiga homilador bo‘lganini bilganida abort qildirgandi. 

Peyyao marhum o‘g‘lining suratini ko‘rsatmoqda. O‘g‘lining vafotidan so‘ng u qiz asrab oldi.

Peyyao farzand asrab olgani uchun yagona fazandidan duchor bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan davlat to‘lovidan mahrum bo‘ldi. Ayol nafaqasi evaziga kun kechiradi.

Tszyan Veymao va Chjan Insyuning 1984 yilda tug‘ilgan o‘g‘li 2010 yilda qandli diabet kasalligidan vafot etgan. Er-xotinlar shisha fabrikasida ishlashgan va ishdan ajralib qolishdan qo‘rqishgani uchun ikkinchi farzandni ko‘rish haqida o‘ylashmagan ham.

Endilikda yoshi o‘tib qolgan Tszyan Veymao va Chjan Insyu ota-onalari bilan yashashmoqda. O‘g‘lining kasalligini davolash uchun ko‘p pul sarflash oqibatida ular qarzga botib qolishgan.

Hozirda Tszyan Veymao va Chjan Insyuning yagona daromad manbai – nafaqa. Biroq bu tibbiy xarajatlarni qoplashgan kifoya qilmaydi. 

56 yoshli Gao Chjao vafot etgan o‘g‘lining bilaguzugini ko‘rsatmoqda. Uning o‘g‘li 1984 yilda tug‘ilib, 2014 yilda halok bo‘lgan. Hukumat oilaga har oy 680 yuan (106 dollar) to‘lab boradi. 

Tsuy Venlan 53 yoshda. Uning o‘g‘li kasallik sababli 2014 yilda vafot etgan. 

Venlan YTH natijasida paydo bo‘lgan yelkasidagi jarohatni ko‘rsatmoqda. Uning ta'kidlashicha, jarrohlik aralashuviga rozilik bildirish uchun o‘g‘li bo‘lmaganligi sababli shifokorlar uni operatsiya qilishdan bosh tortishgan. 

Tsuy Venlan o‘g‘lining surati.

Chjen Tsin va uning turmush o‘rtog‘i 56 yoshda. Ularning yagona merosxo‘rlari 2012 yilda YTHda halok bo‘lgan. 

Ota-ona o‘g‘lining qabri ustida. 

Xitoyda qabr ustiga yegulik olib kelish odati bor. 

Oila Xitoy hukumatidan yagona farzandini yo‘qotgan oilalarga faolroq moddiy va ma'naviy yordam berishni so‘ragan. 

Chjen Tsin va uning turmush o‘rtog‘i qabristonda. 

Top