Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning iqlim masalalari bo‘yicha yangi kelishuvi hujjati 22 aprel kuni imzolanadi
BMTning Parijda 29 noyabrdan 12 dekabr kunigacha o‘tkazilgan Iqlimiy sammiti yakunida qabul qilingan kelishuv matni 2016 yilning 22 aprel kunida tashkilotning Nyu-York shahridagi qarorgohida imzolanadi. Bu haqda Parijdagi sammit ishtirokchilari orasidagi manbasiga asoslangan holda RIA Novosti axborot agentligi xabar tarqatdi.
Sammit ishtirokchilari iqlim masalalari bo‘yicha yangi kelishuvni tasdiqlashgani haqida xabar berilgandi.
Ushbu kelishuv matnini barcha 195 delegatsiya ma'qullagan.
"Bizning maqsad – global isish ko‘rsatkichini Tselsiy ko‘rsatkichi bo‘yicha 2 darajaga ushlab turish. Ana shunda uni 1,5 darajagacha cheklash mumkin bo‘ladi”, - dedi sammit mezboni, Fransiya TIV rahbari Loran Fabuis.
Loyihada iqlim tizimiga og‘irlik tushirmaslik, buning uchun esa 2020 yildan so‘ng Kiota protokoliga o‘tish va aynan shu yildan boshlab atrof-muhit manbalarini saqlash uchun 100 mlrd dollar mablag‘ ajratish lozimligi nazarda tutilgan.