30 noyabrdan 5 dekabrgacha Buxoro va Navoiy viloyatlarida intellektual mulk muhofazasi sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya qilinishi bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.
Ma'lum bo‘lishicha, monitoring natijasida 23ta qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.
Jumladan, Buxoro viloyatida 13 ta va Navoiyda 10 ta intellektual mulk muhofazasi sohasidagi qonunbuzarlik holatlari qayd etilgan.
Aniqlangan qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha tegishli vakolatli organlarga ma'lumot berildi, deb xabar beradi ima.uz.