Jahon | 20:09 / 13.12.2015
2935
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvador va Shvetsiya Assanj so‘roq qilish masalasida shartnoma imzoladi

Ekvador va Shvetsiya WikiLeaks asosichi Julian Assanjni so‘roq qilish masalasida shartnoma imzoladi. Bu haqda Kito shahri hokimiyati vakili ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.

“Bu (qaror) ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va Assanjning so‘roq qilishga o‘xshash sud qarorlarining ijrosini yaxshilaydi”, — deyiladi ma'lumotda.
Assanj 2010 yilda uni nomusga tegishda ayblab Shvetsiyaga ekstraditsiya qilishlaridan norozilik sifatida 2012 yildan beri Londondagi Ekvador elchixonasida yashab keladi. WikiLeaks asoschisi o‘ziga qo‘yilayotgan barcha ayblovlarni rad etib kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish