00:01 / 13.12.2015
2671

Kaliforniya politsiyasi musulmon markazi yaqinidagi masjidda chiqqan yong‘in sabablarini o‘rganmoqda

AQShning Kaliforniya shtati janubidagi Palm-Springs shahrida joylashgan musulmon markazi yaqinidagi masjidda yong‘in yuz berdi. Bu haqda The Guardian yozmoqda.

Masjid imomi Reymundo Nourning aytishicha, yong‘indan oldin portlashga o‘xshash ovoz eshitilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, masjidga yonayotgan aralashmali shisha idish uloqtirilgan. Mahalliy hukumat ushbu ma'lumotlarni tasdiqlamagan.

Politsiyaning taxmiy fikriga ko‘ra, yong‘inga o‘t qo‘yish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Top