09:36 / 13.12.2015
4613

Moldova prezidenti Pridnestrovedan rossiyalik harbiylarning olib chiqilishini talab qilmoqda

Moldova prezidenti Nikolay Timofti “Siyosiy betaraflik: tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot uchun xalqaro hamkorlik” xalqaro anjumani doirasida uning mamlakati Pridnestrovedan Rossiya qo‘shinlarining to‘liq olib chiqilishini talab qilayotganini aytdi, deb xabar bermoqda Independent.md nashri.

“Biz rossiyalik harbiylar va o‘q-dorilarning mamlakatimiz hududidan olib chiqilishi jarayonining yakunlanishi zarurligini takrorlamoqdamiz. Shuningdek, biz xavfsizlik hududidagi tinchlikparvar operatsiyasini xalqaro mandat ostidagi fuqarolik missiyasiga aylantirilishini yoqlab chiqamiz”, deb aytdi Timofti.

Timoftining aytishicha, Rossiya bu majburiyatlarni 1999 yildagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Istanbuldagi sammiti paytida o‘z zimmasiga olgan.

Top