09:50 / 13.12.2015
2817

"MYu" "Bornmut"ga yutqazib, g‘alabasiz seriyasini davom ettirdi

Angliya chempionatining 16-turida "Bornmut" "Manchester Yunayted"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 2-daqiqasidayoq Stanislas burchak zarbasidan to‘pni to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvoza tomon yo‘naltirib, hisobni ochdi. 24-daqiqada Maruan Fellayni muvozanatni tikladi.

O‘yinning 54-daqiqasida "Bonmut" futbolchisi King tomonidan urilgan gol esa yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa, “MYu”ning g‘alabasiz seriyasi besh o‘yinga yetdi. Jamoa oxirgi g‘alabasini 21 noyabr kuni, "Uotford"ga qarshi o‘yinda (2:1) qayd etgandi. Shundan so‘ng "PSV" (0:0), "Lester" (1:1), "Vest Hem" (0:0), "Volfsburg" (2:3) jamoalari bilan o‘yinlarda ochko yo‘qotilgandi.

Ayni vaqtda jamoa, 16 tur o‘yinlari yakunlanmagan bir paytda turnir jadvalida 29 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Tur yakunida "Tottehem" jamoasida "MYu"ni quvib o‘tish imkoniyati mavjud.

Angliya chempionati, 16-tur

Bornmut – Manchester Yunayted 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 2 Stanislas, 1:1 – 24 Fellayni, 2:1 – 54 King.
Bornmut – Boruts, Frensis, Deniels, Smit, Kuk, Gosling, Ritchi, Stanislas, Arter (O`Keyn, 86), King (Myurrey, 65), Serman.
Manchester Yunayted – De Xea, Makneyr (Djons, 90), Bortuik-Djyekson, Varela, Blind, Fellayni (Pauell, 74), Kerrik, Lingard (Pereyra, 31), Mata, Depay, Marsyal.
Ogohlantirishlar: Pereyra (41), Arter (84), Boruts (90).

Top