Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"MYu" oxirgi 3 o‘yinining ikkinchi bo‘limlarida darvozalarga bittadan ortiq to‘g‘ri zarba bera olmagan
"Manchester Yunayted" klubi Angliya chempionati 16 turida "Bornmut"ga qarshi kechgan uchrashuvda 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Lui van Gaal shogirdlari bu o‘yinga qadar Angliya chempionatida "Vest Xem" (0:0) va "Lester"ga (1:1) qarshi uchrashuvlar o‘tkazgandi. Bu o‘yinlarning ikkinchi bo‘limlarida "MYu" darvozalar tomon faqat bittadan to‘g‘ri zarba yo‘llay olgan.
Qayd etish kerakki, Lui van Gaal mavsum boshidan beri himoyaviy o‘yin uslubini qo‘llamoqda. Ayni vaqtda 16 turdan keyin 29 ochko jamg‘arib Angliya chempionatida to‘rtinchi o‘rinda turgan "Manchester Yunayted" futbolchilari o‘tkazilgan 16ta o‘yinda 21ta gol urib, 12ta o‘tkazib yuborishgan.