Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev: Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar bizni ham tashvishga soladi
13 dekabr kuni Qozog‘istonning osh telekanallaridan biri respublika prezidenti Nursulton Nazarboyevning yil yakuniga bag‘ishlangan so‘nggi intervyusini namoyish etdi.
Jurnalistlar mamlakat yetakchisiga Rossiya va Turkiya munosabatlarida yuzaga kelayotgan vaziyat haqida savol berishdi.
“Rossiya va Turkiya munosabatlari bilan bog‘liq holat bizni ham tashvishga soladi. Rossiya bizning yaqin qo‘shnimiz, ittifoqchimiz. Rubl qiymatining pasayib ketganiga o‘zingiz ham guvoh bo‘ldingiz. Agar rubl qiymati pasayib ketmaganida,bizning iqtisodimiz yanada yaxshi bo‘lar edi”, — dedi prezident.
Prezident Qozog‘iston huddi Rossiya singari Turkiyaga ham yaxshi munosabatda va ziddiyatlarning boshidanoq ularning murosaga kelishlarini istaganini eslatib o‘tgan.