14:52 / 13.12.2015
3132

OAV: Parijdagi terakt tashkilotchisi Birmingemda ham terakt sodir etmoqchi bo‘lgan

Fransiya poytaxtida 13 noyabr kuni amalga oshirilgan terakt tashkilotchilaridan biri, Sen-Denida o‘tkazilgan aksilterror amaliyoti vaqtida yo‘q qilingan Abdulhamid Abaud Angliyaning Birmingem shahrini navbatdagi terakt amalga oshirish uchun tanlagandi. Bu haqda Daily Mail nashrida yoziladi.

Gazetaning tergovga yaqin manbasining xabariga ko‘ra, Abaudning telefonida Birmingem shahrining turli nuqtalari tasvirlari aniqlangan. Bu suratlarni Abaudning o‘zi Birmingemga borib olgan bo‘lishi mumkin.

O‘tgan haftada mahalliy politsiyachilar Parij terakti tashkilotchisining Birmingemga kelgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarni tekshirishayotgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni Parijda davomli teraktlar sodir etilgan. Natijada 130 kishi halok bo‘lgan, 351 kishi jarohatlangan, ularning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Top