15:54 / 13.12.2015
3507

Pokistondagi terakt qurbonlari soni ortdi

Pokistonning Parachinar shahridagi bozorda sodir etilgan terakt qurbonlari soni 15 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda shahar shifoxonasidagi manbasiga asoslangan holda, Dawn agentligi xabar tarqatgan.

Dastlabki xabarlarda qurbonlar soni kamida 10 kishi ekani aytilandi.

Manbaning aytishicha, shifoxonada terakt sodir bo‘lgan hududdan jarohatlangan holda olib kelingan 47 kishi bor va ulardan 15 nafarining hayoti xavf ostida turibdi.

Qayd etilishicha, hozircha bu terakt qanday vosita orqali amalga oshirilgani haqida aniq ma'lumot yo‘q.

Shuningdek, bu terakt uchun javobgarlikni hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olmagan.

12 dekabr kuni Pokiston harbiy sudi tomonidan 2014 yili Peshovardagi maktablardan biriga hujum qilganlikda aybdor deb topilgan 4 nafar sudlanuvchi osib o‘ldirish orqali qatl qilingan haqida xabar berilgandi.

Ushbu voqea va bugungi terakt o‘rtasida aloqadorlik borligi taxmin qilinmoqda.

Top