08:45 / 13.12.2015
3167

Reuters: IShID Xomsdagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

IShID terrorchilik guruhi Suriyaning Xoms shahri markazidagi Al-Ahliy shifoxonasi yaqinida sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Terrorchilar shifoxona yaqinida minalashtirilgan avtomobilni portlatib yuborgan.

Avvalroq terakt oqibatida 22 kishi halok bo‘lgani, 10 kishi shifoxonaga olib ketilgani ma'lum qilingandi.

Suriya Tashqi ishlar vazirligi ushbu terakt sababli BMT bosh kotibi Pan Gi Mun va BMT Xavfsizlik kengashiga maktub yo‘lladi.

Top