10:42 / 13.12.2015
3005

Suriyalik qochqinlardan iborat ikkinchi samolyot Monrealga yetib keldi

Kanada harbiy-havo kuchlarining bortida suriyalik qochqinlardan iborat ikkinchi samolyoti Monrealga (Kvebek vilotyai) kelib qo‘ndi. Bu haqda CBC telekanali xabar qilmoqda.
Harbiy-transport samolyot bortida 161 kishi bo‘lgan. Aeroportda qochqinlarni viloyat bosh vaziri Filipp Kuyar va Monreal meri Deni Koder kutib oldi.
10 dekabr kuni bortida 163 suriyalik qochqin bo‘lgan birinchi samolyot Toronto (Ontario viloyati) aeroportiga kelib qo‘ngan edi. Ularni aeroportda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning shaxsan o‘zi kutib olgan edi. "Ular samolyotdan qochqinlar sifatida tushib kelishdi. Ammo aeroport terminaliga Kanadada muqim yashovchilar maqomida kirib kelishdi. Ularning qo‘lida Kanada ijtimoiy sug‘urta raqamlari, tibbiy xizmat ko‘rsatish kartalari bor edi”, - dedi u.

Top