19:43 / 13.12.2015
3548

Suriyalik vazir: Saudiya Arabistoni Suriya bo‘yicha nozir bo‘la olmaydi

Saudiya Arabistoni Suriyadagi siyosiy tartibga solish jarayoni uchun nozir bo‘la olmaydi, chunki u ixtilofdagi guruhlarni qo‘llab-quvvatlamoqda, deb aytdi Suriyaning xalq murosasi vaziri Ali Haydar Sputnik nashriga.

Haydarning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni Suriyadagi tinchlik jarayonini boshqara olmaydi. “Saudiya Arabistoni Suriyadagi siyosiy jarayonni boshqara olmaydi, chunki ixtilofning tomoni hisoblanadi va qurollangan guruhlarni qo‘llab-quvvatlamoqda”, deb aytdi Haydar telefon orqali.

Ar-Riyodda 10 dekabrda Suriya muxolifati anjumani bo‘lib o‘tdi, uning natijalariga ko‘ra 32 kishidan iborat “oliy kengash” tuzildi. Bu kengash keyinroq Suriya hukumati bilan muxolifat nomidan muzokara olib boruvchi 15 kishini tayinlaydi.

Top