23:26 / 13.12.2015
4180

Texasda poyezd shamol tufayli ko‘prikdan avtomobil yo‘liga tushib ketdi

AQShning Texas shtatidagi Lafkin shahrida yuk poyezdining bir necha vagoni izdan chiqib ketib, ko‘prikdan avtomobil yo‘liga tushib ketdi, deb xabar bermoqda Kicks 105 nashri.

Jabrlanganlar borligi haqida ma'lumot berilmagan, avtomobil yo‘li va temir yo‘l izi voqeadan keyin yopib qo‘yilgan. Mahalliy politsiya feysbukda yomon ob-havo sharoitida harakatlanishda ehtiyot bo‘lishni va imkoni bo‘lsa safarlarga chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.

Voqea sabablarini Milliy meteorologiya xizmati tergov qilmoqda.

Top