O‘zbekiston | 16:59 / 14.12.2015
2770
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xorijlik mehmonlarga “yashil koridor” taqdim etadi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksionerlik jamiyati 10 dekabr kuni mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan sayyohlik biznesi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda temir yo‘l xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi rivojlanish istiqbollarini namoyish qildi. Bu haqda “O‘zbekturizm” AJ axborot xizmati xabar qildi.

Kompaniya vakillari 2016 yilda yangi “Afrosiyob” poyezdlari hisobiga tezyurar poyezdlar arsenalining kengaytirilishi, sohaga chiptalariga on-layn buyurtma berish va ularni sotib olish, xorijlik mehmonlarga “yashil koridor”larning taqdim etilishi va boshqalar to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tishdi.

Uchrashuv jarayonida mavjud ayrim kamchiliklarning bartaraf etilishi mamlakatimizning sayyohlik imidjiga ijobiy ta'sir etishi va temir yo‘llardan foydalanuvchi yo‘lovchilar sonining ortishiga xizmat qilishi ta'kidlab o‘tildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish