14:36 / 14.12.2015
3114

"Al-Qoida"ning bo‘linmasi Pokistondagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

13 dekabr kuni Pokistonning Parachinar shahridagi bozorda sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni «Lashkar-e-jangvi» guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, "Al-Qoida" ta'siridagi bu guruh bundan oldin ham Pokistondagi shialarga qarshi bir necha marta teraktlar sodir etgandi.

Manbaning yozishicha, ushbu terakt tufayli halok bo‘lganlar soni 24 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 13 dekabr kuni shaharga kirish joyidagi nazorat punkti oldida, qishki kiyimlar sotilayotgan savdo rastalari yaqinida sodir etildi. Guvohlarning ko‘zlariga ko‘ra, mazkur qo‘poruvchilik harakati ikki kishi tomonidan sodir etilgan. Ular jinoyat joyidan yashirinishga uringan vaqtida mahalliy aholi tomonidan qo‘lga olinib, hukumatga topshirilgan.

Dastlabki xabarlarda qurbonlar soni 23, jarohatlanganlar 47 nafar, deya keltirilgan edi.

Nashrning yozishicha, bombalarni zararsizlantirish bo‘yicha guruh rahbari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, qurilmada 35-40 kilogramm portlovchi moddalar bo‘lgan.

Top