Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 10:50 / 14.12.2015
2205
1 daqiqa o‘qiladi
Alibaba South China Morning Post gazetasini 266 mln dollarga sotib oladi
Xitoyning eng yirik internet kompaniyasi bo‘lmish Alibaba Gongkongning eng eski ingliz tilli gazetasi - South China Morning Post’ni 266 mln dollarga xarid qiladi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Shartnomaga ko‘ra, Alibaba SCMP Group Ltd mediaguruhining tashqi reklama agentligi, jurnallari va internet-resurslariga ham ega bo‘ladi.
Shartnoma hafta oxiriga qadar imzolanishi kutilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish